Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda egizak chaqaloqlar fermer dalasiga tashlab ketildi
Do‘stlik tumanining «Manas» qishloq fuqarolar yig‘inidagi ochiq daladan egizak chaqaloqlar jasadi topildi. Bu haqda Kun.uz`ga Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi O‘.R. «Oqoltin ostonasi ko‘rki» fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonida sumka ichida qora rangli polietilen paketga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub egizak chaqaloqlarni o‘lik holda topib olgan.
Shundan so‘ng hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga bu haqda ma'lum qilgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqlarning onasi topildi. Norasidalarni 1998 yilda tug‘ilgan, «Manas» QFYda istiqomat qiluvchi, turmushga chiqmagan X.G. tug‘ib, tashlab ketgani aniqlandi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Afrosiyob” poyezdida Jizzax viloyatiga yo‘l oldi
21:36 / 25.11.2025