Sönggi vaqtlarda taşlab ketilgan farzand tirik yo ölik holda topilgani haqida xabarlar köp uçramoqda. Ayrim holatlarda aybdorlar topilayotgan bölsa, ba'zilarida norasidasini taşlab ketganlarni aniqlaş imkoni bölmayapti. Ba'zan, yangi tuğilgan çaqaloğini sotişgaça ham bormoqda inson. Yaqinginada 8 yoşli, közni quvontiradigan, qalbga umid bağişlaydigan yoşdagi farzandini sotmoqçi bölgan ona uşlandi.
Bu kabi hodisalar, onda-sonda uçrab turgan taqdirda ham jamiyatdagi eng ayançli illatlardan biri desak, mubolağa bölmaydi. Şu munosabat bilan, Kun.uz muxbiri Özbekiston Musulmonlar idorasi Fatvo bölimi xodimi Hikmatilla domla Toştemirov bilan uçraşib, mazkur muammo, nikohsiz tuğilgan farzandlar hukmi, qiz farzand voyaga yetguniça mas'uliyat kimdaligi haqida savollar bilan murojaat qildi.
– Assalomu alaykum, domla. Farzandlarini taşlab ketiş holatlari... Har bir farzand tuğilganida islom fitratida böladi, degan hadis bor. Mazkur muammolarga islom qaraşini sözlab bersangiz.
– Nikohsiz tuğilgan farzandlar haqida. Bunday bolalarning aybi yöq. Çunki, gunohni (uning ota-onasi bölmiş) öşa erkak-ayol qilgan. Islom u bolani gunohkor hisoblamaydi, çunki u toza fitratda tuğilyapti, baloğatga yetgunça, heç qanday gunoh yozilmaydi ham. Baloğatga yetganidan keyingina, qilgan işi uçun gunoh yoki savob oladi.
Notöğri tuşunçalar paydo bölib qolgan. Fiqh kitoblarimizda ham keladi: valadi zino imomlikka ötmasin, deyiladi. Nima uçun, deb söralsa, uning ota-onasining tayini bölmagani, ilm ololmagan, yetarli bilimi bölmagani e'tiboridan u man qilinadi. Aslida, uning ilmi bölsa, özining salohiyati bölsa, namozni joy-joyiga qöya olsa, u imomlikka ötişi mumkin.

Ammo, kitoblarimizda umumiy yozilgan. E'tiborga olingan narsa şuki, ota notayin, ona notayin, ular yetarli bilim ololmagan böldi, bilimsiz insonning imomlikka ötişi makruh degan ma'no yotadi.
Demak, bunday bolalardan jirkaniş, ularni jamiyatdan ajratib qöyiş mutlaqo notöğri iş. Aksinça, ularni bağriga olib, tarbiyalab, kelajakda yaxşi inson qilib yetiştirişga harakat qilinsa, albatta, bu natijasini beradi. Bu yerda, uni nikohsiz dunyoga keltirganlar aybdor hisoblanadi.
– Farzandlarini taşlab ketayotgan onalar uçrayapti. Bular haqida nima deyiş mumkin?













