Jahon | 22:47 / 06.03.2020
5266
1 daqiqa o‘qiladi

Uch nafar rossiyalik “saylovlarga aralashgani uchun” Gayanadan chiqarib yuborildi

Xabar qilinishicha, ular Amerikaning ExxonMobil neft kompaniyasida ishlagan.

Gayana jamoat xavfsizligi vaziri Xemraj Ramjattan Foto: guyanachronicle.com

Gayana jamoat xavfsizligi vaziri Xemraj Ramjattan “saylovlarga aralashgan uch nafar rossiyalik” mamlakatdan deportatsiya qilinganini ma'lum qildi, deb yozadi Guyana Chronicle gazetasi.

Gazetaning yozishicha, vazir ulardan kiber-qurilma, jumladan kompyuterlar va flesh-tashuvchilar musodara qilinganini bildirgan.  

Vazirning bayonotiga ko‘ra, Gayanadagi Amerika savdo palatasi assotsiatsiyasi “kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan” to‘rt kishiga ular shu yilning 29 fevralida mamlakatga kelishganidan buyon yordam berib kelgan. AQSh savdo palatasi bu ayblovni inkor etgan. To‘rtinchi kishining qayerdaligi noma'lum bo‘lib turibdi.

Xabar qilinishicha, ular Amerikaning ExxonMobil neft kompaniyasida ishlagan.

Gayanada 2 mart kuni saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid