Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda harbiy baza o‘qqa tutilishi oqibatida amerikalik harbiylar halok bo‘ldi
Iroqdagi At-Toji harbiy bazasining 11 mart kechki payt raketalar bilan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki amerikalik va bir britaniyalik harbiy halok bo‘ldi.
Foto: Flickr
Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rasmiy vakili Bill Urban ma'lum qildi.
Shuningdek, hujum oqibatida 12 kishi yaralangan, ulardan 5 nafari og‘ir ahvolda evakuatsiya qilingan.
Urbanning ta'kidlashicha, Bag‘doddan shimolda joylashgan harbiy baza hududiga 18 ta raketa tushgan.
CNN telekanalining Pentagondagi manbalarga tayanib xabar berishicha, hujum ortida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi jangarilar yoki Islom inqilobi muhofizlari korpusi turgan bo‘lishi mumkin.
AQShning Iroqdagi harbiy vakili polkovnik Mayls Kaggins tvitterda bazaga hujum sodir etilganini tasdiqlagan va bazadan bir necha kilometr uzoqlikda aniqlangan, yuk mashinasiga o‘rnatilgan raketalarni otishga mo‘ljallangan qo‘lbola qurilma suratini taqdim etgan.
O‘z navbatida, AQSh harbiy aviatsiyasi hujumga javoban “Al-Hashd ash-Sha'biy” guruhining Anbar viloyatidagi bazasiga zarbalar bergan.
Mavzuga oid
20:13
Eron AQSh va Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, BAA, Kuvayt va Bahraynga zarbalar berdi
20:02
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
18:47
“Tsivilizatsiya yo‘q bo‘ladi” – Tramp nimaga shama qilgandi?
18:21