Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordami jo‘natadi
Yordam Eronning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va virusni yengish uchun birgalikdagi chora-tadbirlarni ta'minlash maqsadida jo‘natilmoqda.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Hukumat farmoyishi”da Eronga quyidagi tovarlar yetkazilishi aytilgan:
- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka;
- tibbiy spirt;
- gigiyenik gel;
- “Rutan” tabletkalari.
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.
Avvalroq, 12 fevralda va 3 martda O‘zbekiston Xitoyga ikkita insonparvarlik yordamini jo‘natgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusdan kasallanganlar soni 9 mingni, undan vafot etganlar soni 354 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026