Iordaniya dunyoning barcha mamlakatlari bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi
Iordaniya koronavirus tarqalishining oldini olish uchun 17 martdan boshlab yuk tashuvlaridan boshqa barcha reyslar uchun o‘z aeroportlarini yopadi.
Bu haqda mamlakat bosh vazirining Twitter sahifasida xabar qilindi.
"Dushanba 16 martdan boshlab qator mamlakatlar bilan aviaqatnovlar to‘xtatiladi, 17 martdan boshlab esa qirollikka va qirollikdan yuk samolyotlaridan tashqari parvozlar to‘xtatiladi", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Iordaniya hukumati boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun quruqlik va dengiz chegaralarini ham yopdi.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari 17 martdan boshlab diplomatik pasport egalaridan tashqari barchaga viza berishni to‘xtatishi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, 14 martdan boshlab Turkiyaga Germaniya, Ispaniya, Norvegiya, Fransiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiya fuqarolarining kirishi taqiqlandi.
Mavzuga oid
18:05 / 20.09.2024
Iordaniya moxovni yenggan birinchi davlat deb tan olindi
00:03 / 18.09.2024
NATO bir necha oydan keyin Yaqin Sharqda byurosini ochadi
20:28 / 08.09.2024
Iordaniya va G‘arbiy Sohil chegarasidagi otishmada isroilliklar halok bo‘ldi
18:46 / 17.06.2024