Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin konstitutsiyaga tuzatmalar bo‘yicha ovoz berish haqidagi farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasiga kiritilishi taklif qilinayotgan tuzatmalar bo‘yicha umummilliy ovoz berishni 22 aprelga belgilash haqidagi farmonni imzoladi. Biroq bu sana yakuniy emas va koronavirus sababli ko‘chirilishi mumkin.
Bu haqda Kremlning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Putin belgilangan sana yakuniy emasligini, shu sababli koronavirus bilan bog‘liq vaziyat talab qilsa, ko‘chirilishi mumkinligini aytgan.
“Chunki mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgarishlar muhimligiga qaramay, fuqarolarimiz sog‘lig‘i va hayotidan muhimroq narsa yo‘qdir”, deb aytgan Rossiya rahbari.
Shu bilan birga, Putinning ta'kidlashicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Rossiyanikidan og‘irroq bo‘lgan ba'zi davlatlarda siyosiy tadbirlardan voz kechilmayapti. Prezident ovoz berish haqidagi farmonni sanasiz imzolash ma'nosiz bo‘lishini aytgan.
Bir kun avval Rossiya konstitutsiyaviy sudi asosiy qonunga tuzatmalar haqidagi qonun konstitutsiyaga to‘g‘ri kelishini tan olgan.
Tuzatmalar orasida Putinning prezidentlik muddatlarini nollashtirib, yangitdan hisoblash taklifi ham bor.
Mavzuga oid
18:11
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026