Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya xorijliklar uchun o‘z chegaralarini yopadi
Rossiyada 16 mart kuni yana 30 kishida kasallik aniqlangan (ulardan 20 nafari Moskvada), bungacha 63 kishida virus tasdiqlangandi
Rossiya hukumati chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatga kirishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Cheklov 18 martdan kuchga kiradi va 1 maygacha davom etadi.
Cheklov yuk mashinalari haydovchilari, diplomatlar va Rossiyada doimiy yashaydigan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bu choralar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyaariga mos kelishini bildirdi.
Avvalroq Rossiya Belarus bilan chegarasini qisman yopgani xabar qilingandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi bir kun ichida koronavirus yuqtirganlar sonida jiddiy o‘sish kuzatildi va ayni vaqtda bemorlar soni 93 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova ma'lum qildi.
Rossiyada 16 mart kuni yana 30 kishida kasallik aniqlangan (ulardan 20 nafari Moskvada), bungacha 63 kishida virus tasdiqlangandi.
Moskva shahri meri Sergey Sobyanin shaharda ommaviy tadbirlarni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risidagi farmonini imzolagan. Unga ko‘ra 10 aprelga qadar shaharda 50dan ortiq kishi yig‘ilishi mumkin emas.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026