Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya butun dunyodan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi
Germaniya hukumati turli davlatlarda qolib ketgan o‘n minglab fuqarolarini qaytarish bo‘yicha katta ko‘lamli evakuatsiyani boshlamoqda. Bu maqsadda hukumat 50 mln yevro ajratadi.
Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas DW nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Vazirning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi sababli aviareyslar bekor qilingach o‘n minglab nemislar uylariga qayta olmayapti. Ulardan ba'zilari mehmonxonalar yopilgani sababli aeroportda qolishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Misrning o‘zida 35 ming, Makrokashda esa 5 ming nemis qolmoqda.
“Argentina, Filippin va Maldivda ham ko‘plab fuqarolarimiz qolmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Maas.
Germaniya o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun aviakompaniyalardan, birinchi navbatda Lufthansa’dan charter reyslarni ijaraga oladi. Bu maqsadda 50 mln yevro ajratiladi.
Samolyotlarda bo‘sh joylar bo‘lsa, Germaniyaga Yevropa Ittifoqining boshqa fuqarolari ham olib chiqiladi. Evakuatsiya bir necha kun davom etadi.
Avvalroq nemis aktyori Xanno Koffler Germaniya hukumatini harakatsizlikda ayblagandi. Hozirda aktyor germaniyalik boshqa hamkasblari bilan Marokashda qolib, u yerdan 14 martdan beri uchib keta olmayapti.
“Fransiyalik, britaniyalik va avstriyalik hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlab, olib chiqib ketishayotgan bir paytda biz uchun hech narsa qilinmayapti. Biz hoziroq uyga qaytishni istaymiz”, deb yozgan Koffler Instagram’da.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026