Jahon | 22:59 / 18.03.2020
8946
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston O‘zbekistonda ta'lim olayotgan talabalarni orqaga qaytardi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani aniqlanganidan so‘ng, Turkmaniston Respublikasi talabalarni bu mamlakatdan orqaga qaytara boshladi.

16-17 mart kunlari Buxoro viloyatidagi «Olot - Forob» chegara punkti orqali turkmanistonlik 21 talaba vataniga qaytdi. Ular asosan Buxoro viloyati dargohlarida ta'lim olishgan. Yotoqxonada yashagan talabalarning ba'zilari darhol karantinga olingan, deb xabar bermoqda «Xroniki Turkmenistana».

Xorazm viloyatidagi «Shovot» chegara punkti 17 mart kunigacha ochiq bo‘lgan va undan Dosho‘g‘iz viloyatida yashovchi o‘nlab talabalar Turkmanistonga qaytishga ulgurishgan. Umumiy hisobda Xorazm viloyatidagi dargohlarida 1100ga yaqin turkmanistonlik talaba ta'lim olmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 18tani tashkil qiladi.

Mavzuga oid