Jahon | 17:13 / 20.03.2020
5167
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati pensiyadagi tibbiyot xodimlarini ishga qaytishga chaqirdi

Buyuk Britaniyada shuningdek, koronavirusga chalinganlarni davolash ishlariga ko‘ngillilar ham jalb etilmoqda.

Foto: REUTERS

Britaniya hukumati pensiyadagi 65 ming nafar tibbiyot xodimini ishga qaytishga va koronavirus tarqalishi oqibatlari bilan kurashishga chaqirdi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok 50 ming nafar sobiq hamshira va 15 ming nafar pensioner shifokorlar orasida "minglab nafari chaqiriqqa javob berishiga" umid bildirdi.

Buyuk Britaniyada shuningdek, koronavirusga chalinganlarni davolash ishlariga ko‘ngillilar ham jalb etilmoqda. Ular bir necha hafta davomida maxsus tayyorgarlik kursida o‘qishadi. Bundan tashqari, tibbiy ta'lim muassasalarining bitiruvchi talabalari ham infeksiya bilan kurashishga jo‘natilmoqda.

Britaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 3,2 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid