Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana ikki kishi koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana ikkitaga oshib, 45 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishlaricha, ushbu infeksiya aniqlangan ikki fuqaro xorijda bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi. Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxslarning kamida 16 nafari bitta bemor bilan aloqada bo‘lgan.
Yakshanba kuni tushga yaqin berilgan ma'lumotga ko‘ra, kasallanganlarning 9 nafarida o‘pkaning yallig‘lanishi, ya'ni pnevmoniya holati qayd qilingan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘qligi aytilmoqda.
Koronavirus bemorlari qanday dorilar bilan davolanyapti? Almatov izoh berdi
Qator viloyatlarda ham jamoat transporti harakati to‘xtatilmoqda
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025