«Nafaqat Ukrainada, balki butun dunyoda virusga töğridan-töğri ta'sir qiladigan heç qanday vosita aniqlanmagan. Şunçaki, virusologik kasalliklarga qarşi kuraşda yordam beradigan va immunitetni oşiradigan boşqa dorilar yaxşi yordam bermoqda.
Xitoy tajribasidan kelib çiqib, yaxşi samara beradigan dori vositalari, standartlar joriy qilinyapti. Özbekiston tibbiyot olimlari ham Xitoy tajribasidan foydalangan holda davolaş standartlarini yaratişgan. Bugungi kunda qayd etilgan bemorlar öşa standartlar asosida davolanmoqda», deya Almatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Özbekistonning boş sanitariya vraçi koronavirusdan tuzaliş körsatkiçlari haqida ham ma'lumot berdi.
«Koronavirusdan kelib çiqayotgan ölim körsatkiçlari dunyoda 3 foizdan 7 foizgaça. Bu körsatkiçlar öşa davlatda kasallikning tarqalganlik darajasiga boğliq.
Virusning L, C formalari bor. Ölim darajasi şu formalar va bemorning immuniteti, uning umumiy holati va yoşi, yaşaş şaroitlariga bevosita boğliq.
93 foizgaça kasallikdan soğayiş kutiladi. Ölim holati maksimum 7 foizgaça. Hozirgaça kasallanganlarning 60 foizidan ortiği soğaygan», dedi Bahrom Almatov.


















