Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Saidkarim Nishonboyev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan polkovnik Saidkarim Abduhakimovich Nishonboyev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Tayinlovga qadar S.Nishonboyev Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin, bosh prokuror va ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paygani xabar berilgandi.
Prezidentning “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ekin maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va g‘alla hosilini yig‘ib olishda jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga mas'ul bo‘lgan O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024