O‘zbekiston | 21:03 / 25.03.2020
13853
2 daqiqa o‘qiladi

Inqirozga qarshi jamg‘arma asosan tashqi qarzlar hisobiga shakllantirilmoqda

O‘zbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini shakllantirishda asosan tashqi manbalarga urg‘u berilmoqda.

Foto: Paul Yeung/Blomberg

Bu haqda Markaziy bankning ichki valuta bozoriga oid axborotida aytilgan.

Jamg‘armaga 10 trillion so‘m yo‘naltirilishi e'lon qilingan bo‘lib, bu – joriy rasmiy kursda 1 milliard dollardan biroz ko‘proqni tashkil etadi.

Prezident farmoniga asosan, aynan 1 mlrd dollargacha tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq Moliya vaziri Timur Ishmetov xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini olishda «hech qanday muammo bo‘lmasligi»ni aytgan edi. U bu boradagi muzokaralar boshlanganini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, jamg‘arma mablag‘laridan koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatishda foydalaniladi. 10 trillion so‘m quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlanishi ko‘zda tutilmoqda:

  • 1 trln – koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
  • 5 trln – tadbirkorlikni, aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, infratuzilmaviy loyihalar va investitsiya dasturlarini amalga oshirish;
  • 0,7 trln – aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish;
  • 2,7 trln – iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta'minlash.

Mavzuga oid