Özbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasini moliyalaştirişni ta'minlaş maqsadida 2020 yilda budjetni qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boşqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQŞ dollari miqdorigaça taşqi qarz mablağlarini, şuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvçilar va tijorat banklarini qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştiriş uçun qöşimça mablağlarni jalb qiliş çoralarini köradi;
ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma'murçiligini takomillaştiriş orqali işga solinmagan zaxiralarni izlab topiş, hisoblangan soliqlar töliq tölanişini ta'minlaş, “yaşirin” iqtisodiyotni qisqartiriş hamda soliq va bojxona ma'murçiligining yangi samarali şakllarini joriy etiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni tasdiqlaydi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks çora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlaridan foydalanilişi töğrisidagi ma'lumotlarni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bundan oldin, Özbekistonda Inqirozga qarşi jamğarma tuzilib, unga 10 trln söm ajratilişi xabar berilgandi.













