Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afsonaviy Marakana stadioni dala gospitaliga aylantirilmoqda
Braziliyada koronavirusga chalinganlar ko‘payayotgani sababli shifoxonalarda joylar taqchilligi yuzaga keldi, kasallar soni esa 2,5 ming kishidan oshib ketdi.
Shu sababli mamlakatdagi futbol stadionlari koronavirusga chalinganlar uchun dala gospitallariga aylantirilmoqda. Jumladan, bu afsonaviy Marakana stadionini ham chetlab o‘tmadi.
“Dunyodagi eng mashhur stadionlardan biri va Rio Olimpiadasi o‘tkazilgan joy – Marakana koronavirusga chalinganlarni davolash uchun dala gospitallariga aylantirilayotgan stadionlardan biri bo‘ldi”, deyilgan xabarda.
Stadionni gospital holatiga keltirish uchun ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, boshqa futbol klublari stadionlarida ham vaqtinchalik gospitallar tashkil etilmoqda.
Marakana “Flamengo” klubining uy stadioni hisoblanadi. Bu maydonda futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon chempionati, 2016 yilgi Olimpiada va boshqa yirik sport tadbirlari o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026