Nega Tojikistonda koronavirus yo‘q? Eng keng tarqalgan taxminlar
Koronavirus 200ta mamlakatga yetib bordi, ammo Tojikiston haligacha pandemiyadan chetda qolmoqda.
Bugungi kunda Tojikiston koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan sanoqli davlatlardan biri bo‘lib turibdi.
Oddiy aholi va mutaxassislarni bir savol qiziqtirmoqda: Tojikiston qanday qilib koronavirusdan o‘zini himoya qila oldi, bunda qanday omillar rol o‘ynadi?
Sputnik Tojikiston eng keng tarqalgan taxminlarni e'lon qildi.
Tanilmasang, sog‘lom bo‘lasan
Tojikiston – yetarlicha yopiq mamlakat. Uni yirik o‘tkazish punkti yoki xorijlik turistlarning sevimli maskani deb bo‘lmaydi.
Aviabiletlar narxi "chaqadi", hech kim turizmni reklama qilmaydi. Turistlar oqimi kam. Shunga mos ravishda, respublikada aviaparvozlar minimal miqdorda, tranzit reyslar umuman yo‘q. Shu bois Tojikiston hududiga infeksiya kirib kelishi Yevropa yoki Shimoliy Amerika mamlakatlariga nisbatan ancha qiyin. Zero virus tarqatuvchi asosiy xatar turistlardir.
Ana shu yopiqlik Tojikistonni koronavirusdan himoya qildi, degan fikr mavjud. Uning iqtisodiy, xalqaro aloqalar va aviaparvozlar tarmog‘i rivojlangan qo‘shnilari bo‘lmish Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Tojikistonga nisbatan bir necha baravar ko‘p xorijliklarni qabul qiladi.
Bundan tashqari, Tojikiston qit'a ichkarisida, transport oqimidan chetda joylashgan. Xitoy bilan sharqiy chegara zudlik bilan yopildi. Qozog‘iston orqali tranzitning vaqtincha to‘xtatilishi ham respublika xavfsizligini ta'minladi.
Koronavirus – boylarning kasalligi
Navbatdagi taxmin – u yoki bu mamlakat fuqarolari qancha ko‘p sayohat qilsa yoxud qancha ko‘p xorijlikni qabul qilsa, koronavirus tarqalishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Koronavirusni topish-tutishi yaxshi odamlar olib kelmoqda. Tojikiston fuqarolari esa daromadi kamligi va biletlar narxi sababli chegaradan tashqariga kam chiqishadi. Aholining aksariyat qismi xorijda ishlaydi, uyiga bir-ikki yilda bir marta keladi.
Tibbiyot zaifligi tufayli koronavirusni aniqlay olishmayapti
Tojikiston tibbiyoti darajasi kasalxonalar jihozlanishi va mutaxassislar malakasi bo‘yicha jahon standartlari darajasiga javob bera olmaydi.
Jihozlar va test tizimlarining yetishmasligi infeksiyaga chalinish holatlarini o‘z vaqtida aniqlashga imkon bermayapti. Ma'lumki, kasallik uzoq vaqt davomida simptomlarsiz kechadi.
"Tojikiston respirator kasalliklar va zotiljam diagnostikasiga egami? Agar ega bo‘lsa, ushbu diagnostikadan barcha tibbiyot muassasalarida qay darajada keng qo‘llanilmoqda? Bu asosiy masala. Agarda qo‘llanilmayotgan bo‘lsa, kasallik to‘g‘risida rasmiy ma'lumotlar ham bo‘lmaydi", – deydi virusolog, professor Anatoliy Alshteyn.
Tojikistonliklarda koronavirusga immunitet shakllangan
Aholi orasida bu taxmin ham yuribdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining fikricha, tojikistonliklarning ko‘pchiligi avval o‘tkir gripp bilan og‘rib tuzalgan va o‘sha gripp koronavirus bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Dekabr-yanvar oylarida mamlakatda g‘ayrioddiy simptomli – bir necha kunlik istima, yo‘tal va qayt qilish alomatlari bilan kechuvchi gripp avj olgandi. Endilikda koronavirus butun dunyoni "zabt etgan" paytda, Tojikiston xavfdan xoli qolmoqda – barchada kasallikka nisbatan immunitet shakllangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi chora ko‘rishni ertaroq boshlagan
Yanvar oxirlarida, Xitoyda koronavirus to‘g‘risida gaplar avj olishi bilanoq Tojikiston respublikaga kirib kelayotgan barcha odamlarni tekshirishni boshladi, keyin esa xorijliklarga kirishni butunlay yopdi.
Xorijdan kelgan bir necha ming kishi yirik shaharlardan uzoqda 14 kunlik majburiy karantindan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ertaroq ko‘rilgan choralar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Tojikistonda kasallikka chalinish xavfi yuqori bo‘lgan kishilar kam
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi navbatda yoshi 65dan yuqori bo‘lganlar, surunkali kasalligi bor insonlar, homiladorlar va immunitet tanqisligiga duchor bo‘lganlarning koronavirusga chalinish xavfi yuqori.
Tojikistonda tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lganligi uchun aholining aksariyat qismini yoshlar va bolalar tashkil etadi.
Din saqlayapti
Tojikiston aholisining asosiy qismi islom diniga e'tiqod qiladi. Har bir musulmon har kuni besh vaqt namoz o‘qishi shart.
Namoz o‘qish oldidan esa albatta inson badanini poklaydi – tahorat oladi. Virus joylashib olishi mumkin bo‘lgan a'zolar kuniga bir necha marta yuvilgach, hech qanday virus qolmaydi.
Isiriq yoki hazorispandning foydasi bor
Tojikistonda oddiy isiriq yoki hazorispanddan keng foydalaniladi. U tutatilganida bakteriyalar “o‘ladi”.
Vrach-epidemiolog Mixail Favorovning fikricha, aynan isiriq aholini kasallik yuqishidan saqlamoqda.
"Mo‘g‘ul uchburchagi“ deb nomlanuvchi hududga kiruvchi, koronavirus yetib bormagan mamlakatlar bor. Biz buning sababi haqida uzoq o‘yladik: ehtimol, quruq havo va o‘ziga xos iqlim yoki Markaziy Osiyoda zararsizlanish uchun qadimdan keng qo‘llaniladigan isiriq yordam berayotgandir", - deydi u.
Kuni kecha JSSTning Tojikistondagi vakili Galina Perfileva mamlakatda koronavirus yo‘qligini rasman e'lon qildi.
«Rasmiy statistikaga ko‘ra va test o‘tkazayotgan laboratoriya bilan uzviy hamkorlik qilayotganimiz uchun biz ham tasdiqlaymiz, hozirgacha Tojikistonda COVID-19 yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham ijobiy holat qayd etilmadi. Yer yuzida kasallik qayd etilmagan davlat deyarli qolmadi. Tojikiston va Turkmaniston mintaqadagi 53 davlat ichida koronavirus qayd etilmagan davlatlardir»,- dedi u «Tojikiston» telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bugungacha koronavirusga 700dan ortiq test o‘tkazilgan va barcha natijalar salbiy chiqqan.
«Bunga rasman ishonch hosil qilish maqsadida salbiy natijalarni tasdiqlash uchun Moskva va Londonga jo‘natdik. Barcha takroriy tekshiruvlar ham salbiy natijalarni tasdiqladi. Ya'ni Tojikistondagi tekshiruvlar sifatli o‘tkazilgani va mamlakatda kasallikka chalinish holatlari yo‘qligi rasman tasdiqlandi», - dedi Perfileva.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024