Jahon | 22:10 / 07.04.2020
5342
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya bog‘cha va maktablarni qaytadan ochishga tayyorlanmoqda

Hukumat mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qabul qilingan keskin choralarni yumshatishga qaror qilgan.

Erna Sulberg / Foto: Reuters

Norvegiyada koronavirus pandemiyasi sababli yopib qo‘yilgan bolalar bog‘chalarini 20 apreldan ochish rejalashtirilmoqda, undan bir hafta o‘tgach esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktablarga borishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Erna Sulberg ma'lum qildi.

NRK teleradiokompaniyasining ma'lum qilishicha, hukumat mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qabul qilingan keskin choralarni yumshatishga qaror qilgan.

"20 apreldan bog‘chalar ochiladi, 27 apreldan 1-4-sinf o‘quvchilari maktablarda o‘qishni boshlaydi", - deya Sulbergdan iqtibos keltirmoqda telekanal.

Shuningdek, 20 apreldan norvegiyaliklarning dalahovlilarga borishiga qo‘yilgan taqiqni ham olib tashlash rejalashtirilmoqda. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Norvegiyada koronavirusga chalinganlar soni 5800dan oshgan, 90ga yaqin kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid