Jahon | 19:12 / 07.04.2020
3808
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq koronavirusga qarshi kurashga 15 milliard yevro ajratadi

Yevropa ittifoqining koronavirus oqibatlariga qarshi kurashish doirasida hamkorlariga umumiy yordami 15 milliard yevroni tashkil etadi, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon Der Lyayyen.

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, yordam sog‘liqni saqlash tizimlarini zudlik bilan qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni inqirozdan keyingi davrda rag‘batlantirish, ish o‘rinlarini saqlab qolishga yo‘naltiriladi. 

"YeI pandemiyaga qarshi kuchli xalqaro javobni muvofiqlashtirishga tayyor", - dedi fon der Lyayyen.

U xususan, yaqin haftalarda Afrika mamlakatlariga yordam zarur bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. 

"Biz hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz darkor. Afrika bir necha haftadan keyin Yevropa duch kelgan muammolar bilan to‘qnash kelishi mumkin", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid