AQShda senatorlardan Zoom ilovasidan foydalanmaslik so‘raldi
Avvalroq Google kompaniyasi o‘z xodimlariga Zoom ilovasini ko‘chirib olishni taqiqlagan.
AQSh senati kongressi xodimlari senatorlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan onlayn-majlislar va boshqa anjumanlar vaqtida Zoom videokonferensiyalar servisidan foydalanmaslikni so‘rashdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Financial Times gazetasi xabar berdi.
Ularning aytishicha, parlament ijrochisi ana shunday ogohlantirish bilan chiqqan.
Gazetaning qayd etishicha, avvalroq Google kompaniyasi o‘z xodimlariga Zoom ilovasini ko‘chirib olishni taqiqlagan.
Xabar qilinishicha, Pentagonda Zoom ilovasidan foydalanish davom etmoqda, AQSh ichki xavfsizlik vazirligi esa Zoom Video Communications kompaniyasi xavfsizlik sohasidagi muammolardan xabardorligini va uning ustida ishlayotganligini bildirgan.
3 aprel kuni The Washington Post gazetasi mazkur servis orqali amalga oshirilgan bir necha mingta shaxsiy videoqo‘ng‘iroqlar yozuvlari internetga ochiq manba sifatida joylashtirilganini xabar qilgandi.
Avvalroq O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Zoom ilovasidan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024