Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada parlament saylovlarida muddatdan oldin ovoz berish boshlandi
Janubiy Koreyada 15 aprelda o‘tadigan Milliy kengash (parlament) saylovlarida muddatdan oldin ovoz berish boshlandi.
Janubiy Koreya markaziy saylov komissiyasining ma'lum qilishicha, 10 va 11 aprelda butun mamlakat bo‘ylab soat 6dan soat 18gacha 3508 ta saylov uchastkasi faoliyat olib boradi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida saylov komissiyasining ustuvor vazifasi ovoz beruvchilar xavfsizligini ta'minlash hisoblanadi. Ularga saylov uchastkalariga himoya niqoblarida kelish tavsiya qilingan.
Shuningdek, saylovchilar byulletenlarni olishga va ovoz berish kabinasiga navbatlarda bir-birlaridan kamida bir metr masofa saqlashlari kerak bo‘ladi. Ovoz berish kabinasiga faqat qo‘lqoplarda va qo‘llarni dezinfeksiya qilgandan keyingina kirish mumkin bo‘ladi.
Saylov uchastkasiga kirishda saylovchilarning tana harorati o‘lchanadi. Respirator kasalliklar alomatlariga ega va tana harorati 37,5 darajadan yuqori bo‘lganlar maxsus jihozlangan uchastklarga jo‘natiladi. Bu uchastkalar koronavirusga chalingan bemorlar uchun mo‘ljallangan 8 ta shifoxonada ochilgan.
Janubiy Koreyada parlament saylovlari har 4 yilda bo‘lib o‘tadi. Joriy saylovlarda 253 deputat saylov okruglari, 47 deputat proporsional partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylanadi.
Mahalliy vaqt bo‘yicha soat 9ga ko‘ra, saylovchilarning 1,5 foizdan ko‘prog‘i ovoz berishga ulgurgan.
Janubiy Koreyada oxirgi kun ichida koronavirusga chalinganlar 27 kishini tashkil qildi. Ta'kidlanishicha, bu mamlakatda 20 fevraldan beri qayd qilingan eng past ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026