Jahon | 21:04 / 11.04.2020
18750
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan 91 kishi uni qayta yuqtirib oldi

Foto: REUTERS/Kim Hong-Ji

Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan 91 kishi uni qaytadan yuqtirib oldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap News nashri xabar bergan.

«90 nafardan ortiq fuqaro kasallikdan to‘liq davolangach, uni qayta yuqtirib olgan», deyiladi xabarda. Janubiy Koreya kasallikni profilaktika va nazorat qilish markazi ham bu ma'lumotni tasdiqlab, COVID-19 infeksiyasidan davolangan 91 kishi karantindan chiqqach, virusni qayta yuqtirib olganini xabar qilgan.

Janubiy Koreya koronavirusga qarshi eng samarali kurashgan davlatlardan biri sifatida e'tirof etilgan, mamlakatda barchadan yoppasiga koronavirusga test olingani uning tarqalishiga to‘siq bo‘lgani aytilgandi. Shunday bo‘lsa-da, ayni damda bu mamlakatda COVID-19 yuqtirganlar soni 10 mingdan oshib ketdi. O‘lim holatlari esa 211 tani tashkil etmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid