Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya Moskvaga kirish yo‘llarini nazorat ostiga oldi
Keyingi sutkada Rossiyada ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 1667 ta holat qayd etildi, jami holatlar soni 13,5 mingdan oshdi, 100dan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p bemor Moskvada aniqlangan – 9 mingga yaqin.
Foto: Kommersant
Moskvadagi barcha kirish yo‘llarida transport harakatini nazorat qilayotgan politsiyachilar navbatchilik qilmoqda, deb ma'lum qildi Moskva IIV boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vasenin. Ular tranpsort egalaridan Moskvaga kirish sababini aniqlashmoqda.
«Hozirda politsiya xodimlari kunu tun poytaxtning barcha rayonlarida navbatchilik qilmoqda. Bundan tashqari, shaharga kiruvchi barcha yo‘llarda avtoinspeksiya xodimlari transport harakatlanishini nazorat qilmoqda»,— dedi Vladimir Vasenin.
Cheklovlar koronavirus tarqalishi sababli joriy etilmoqda. Keyingi sutkada Rossiyada ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 1667 ta holat qayd etildi, jami holatlar soni 13,5 mingdan oshdi, 100dan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p bemor Moskvada aniqlangan – 9 mingga yaqin.
Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda ruxsatnoma bilan yurish rejimi joriy etilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
11:29 / 26.03.2026
Moskvada kurerlarni robotlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda
09:35 / 17.03.2026
Moskvaga dronlar bilan ommaviy hujumlar davom etmoqda
10:21 / 14.03.2026