Şu paytga qadar Moskvada umumiy özini-özi izolyatsiya qiliş rejimi amal qilayotgandi. Ruxsatnoma bilan yuriş rejimi kelgusi haftadan joriy etiladi.
"Oğir bemorlar soni tez öisb bormoqda"
Sobyanin murojaatida koronavirusga qarşi kuraşning dastlabki bosqiçida hukumatning vazifasi "iqtisodiyotni saqlab qoliş" bölgani, şuning uçun qöşimça çeklovlar kiritilmaganini aytdi.
"Sönggi vaqtga qadar buni amalga oşira oldik", - dedi u.
Sobyaninning sözlariga köra, kasallik yuqtiriş holatlari dastlab "ösgan, ammo jadal sur'atlarda emas". Sönggi kunlarda esa vaziyat yomonlaşa boşlagan.
"Zotiljam bilan kasallangan oğir bemorlar soni tezlik bilan ösmoqda. Agar avval kasalxonaga kuniga 500ga yaqin kişi tuşgan bölsa, bugun 1300ga yetdi. Aksariyat bemorlar "koronavirus" taşxisi qöyilmasdan turib kasalxonaga tuşyapti. Ammo şifokorlar buning katta ehtimol bilan koronavirus ekanligini körib turişibdi. Kasallikning bunday tarzda ösişi bizga heç qanday yaxşilik keltirmaydi", - dedi Sobyanin.
Moskva meri şu sababli şaharda ruxsatnoma bilan yuriş rejimini joriy etişga qaror qilganini aytdi.
"Kelgusi haftadan ruxsatnoma bilan yuriş rejimini bosqiçma-bosqiç joriy etamiz. Birinçi bosqiçda işga boriş uçun, ikkinçi bosqiçda boşqa maqsadlarda yuriş uçun va uçinçi bosqiçda, agar zarur bölsa, rayon içida yuriş uçun kiritamiz", - dedi u.
Sobyaninning sözlariga köra, kasallik tarqalişi xavfi çekinişi bilan Moskva odatiy hayot tarziga qaytadi.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev ham oblastda ruxsatnoma bilan yuriş rejimi joriy etilişini e'lon qildi.
Nimani kutişgandi?
Meriyaga yaqin manbalardan biri Bi-bi-si bilan suhbatda bu "moskvaliklar şaharda maqsadsiz yurmasliklari uçun" körilayotgan majburiy çora ekanligini aytdi.
"Ruxsatnomali tizim pandemiyaga duç kelgan köplab mamlakatlarda amal qilmoqda, bu Ğarb tajribasi va bugungi kun voqeligi. Meriya ruxsatnomali tizimni birdaniga kiritmadi, ammo moskvaliklar köçalarga çiqişdi, şaharda hatto tirbandliklar paydo böldi. Meriya odamlar dam oliş kunlari yana parklarga borişidan va kasallik yuqtirganlar soni keskin oşişidan xavotirlanmoqda. Ruxsatnomali tizimning joriy etilişi odamlarni köçaga maqsad bilan çiqiş haqida öylaşga majbur qiladi", dedi u.











