O‘zbekiston | 14:28 / 15.04.2020
10177
1 daqiqa o‘qiladi

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jasurbek Choriyev transport vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 14 apreldagi qarori bilan Jasurbek Ergashevich Choriyev O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar J.Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Jasurbek Choriyev 1978 yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1997 yil xalqaro iqtisodiy aloqalar mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lgan. 1997-2000 yillarda AQShning Boulder shahridagi Kolorado universitetida tahsil olgan.  2003 yili Toshkent davlat aviatsiya institutida aviatsiya menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan.

Mavzuga oid