Jamiyat | 13:22 / 18.04.2020
18799
2 daqiqa o‘qiladi

ID-karta va haydovchilik guvohnomasini birlashtirish taklif qilindi

ID-karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish taklif qilinmoqda

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ID-karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini birlashtirish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, vatandoshlar uchun ID-kartalar olish 2021 yil 1 yanvardan boshlab ixtiyoriy, 2023 yildan esa majburiy etib belgilandi. 

“Ammo shu yerda bir tushunmovchilik kelib chiqadi. Masalan, men mashinada yursam-yurmasam haydovchilik guvohnomamni o‘zim bilan olib yuraman. Biometrik pasportni esa har doim ham emas. Chunki, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasi o‘z funksiyasini bajarishdan tashqari shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib ham hisoblanadi. 

Haydovchilik guvohnomasining mavqei va funksiyasi ID kartadan ko‘ra yuqoriroq bo‘lib qolyapti. Shu sababli, ID karta va haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish va yagona guvohnoma yaratishni taklif qilaman. Bunda guvohnoma emas, balki boshqa umumiyroq nom berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ID-karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish taklif qilinmoqda.

Mavzuga oid