Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandning yana bir tumanida hokim o‘zgardi
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida hokim o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Najmiddin Sulaymonov / Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati
Manbada aytilishicha, Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Najmiddin Sulaymonov Oqdaryo tumani hokim etib tacdiqlangan. Tayinlov marosimida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham qatnashgan. Ma'lumot uchun, 2018 yildan buyon Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. Xabarda Abilov boshqa ishga o‘tkazilgani aytilgan.
Bugun, 18 aprel kuni Samarqand viloyatining yana bir tumanida hokim o‘zgargan va shu vaqtgacha Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlab kelgan Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi etib tasdiqlangandi. U o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan Hamza To‘ychiyevning o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
17:41 / 22.02.2025
Samarqand shahri va bir necha tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi
16:11 / 06.02.2025
Samarqandda yana bir haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi
11:32 / 10.07.2024
Samarqandda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia-3 kanalga qulab oqib ketdi
10:53 / 29.01.2024