Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida koronavirusdan sog‘ayganlarga guvohnoma beriladi
Chili hukumati dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusdan sog‘aygan fuqarolarga guvohnoma berishni boshlaydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib BioBioChile radiosi xabar berdi.
Guvohnoma koronavirusdan to‘liq sog‘ayganlarga beriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, ularda kasallikka nisbatan immunitet hosil bo‘ladi, ular kamida bir yil davomida koronavirus tashuvchilari bo‘lishmaydi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, kasallikdan sog‘ayganlarda immunologik xotira rivojlanadi va ularning qayta kasallanishi deyarli nolga teng.
Radioning xabar berishicha, o‘z navbatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insonda koronavirusga qarshi antitanachalarning bo‘lishi unda kasallikka nisbatan immunitet hosil bo‘lishini yuz foiz kafolatlamaydi degan fikrda.
Mavzuga oid
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
20:14 / 19.09.2025