Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 apreldan Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklanadi
24 aprel 06:00da boshlab Samarqand viloyati Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklanadi. Bu haqda Zarnews.uz saytining telegramdagi sahifasida e'lon qilingan.
«Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan karantin tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2020 yil 24 aprel kuni soat 06:00dan boshlab Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklanadi», deyiladi postda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tumandagi qishloqlarning orasida ham beton to‘siqlar o‘rnatilgan va fuqarolarning qishloqlararo harakati cheklangan. Qishloqlarda faqat bitta tuman markaziga chiqadigan yo‘l ochiq qoldirilgan. Maxsus ruxsatnomasi borlar, oziq-ovqat do‘konlariga mahsulot yetkazayotgan ulovlar, shuningdek, tez yordam mashinalar faqat bitta yo‘l orqali tekshiruvdan o‘tkazib, qishloqlarga kirmoqda.
Toshkent-Termiz trassasi bo‘yidagi Toyloq tumanining Samarqand tumani bilan chegarasida esa mart oyining oxirida post tashkil qilingan va mashinalar ruxsatnoma bilan o‘tkazilayotgandi.
Ma'lumot uchun, Jomboy, Samarqand va Urgut tumanlari bilan chegaradosh bo‘lgan Toyloq tumanida 200 mingdan ko‘proq odam istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
19:53 / 02.02.2026