Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva musulmonlari MDH mamlakatlaridan kelgan migrantlarga yordam bermoqda
Migrantlarni ruhan va insoniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash Rossiya poytaxti islom hamjamiyati, xususan, “Zakot” musulmonlar xayriya jamg‘armasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi, dedi jamg‘arma direktori Rifat Izmaylov.
"Koronavirus epidemiyasi sababli ko‘plab korxona va tashkilotlar, jumladan qurilish sohasidagi ishlarning to‘xtab qolishi bizning oldimizga Rossiya poytaxtida yashayotgan migrantlar, ularning oilalarini zudlik bilan qo‘llab-quvvatlash masalasini qo‘ydi", - dedi Izmaylov.
U bugungi kunda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan 500dan ortiq oilaga oziq-ovqatlar yetkazib berilganini aytdi.
Jamg‘arma direktorining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya musulmonlari Suriya, Livan, Chad, Bangladesh va boshqa davlatlardagi dindoshlariga yordam ko‘rsatgan.
"Ammo endi biz bilan birga yashayotgan va mehnat qilayotgan MDH mamlakatlaridan kelganlarga e'tibor qaratish vaqti keldi. Afsuski, allaqanday guruhlar hamyurtlarimizni talayotgani va OAVda buni migrantlarga ag‘darib maqolalar yozilayotgani salbiy rol o‘ynamoqda", - deb ta'kidladi Izmaylov.
Jamg‘arma rahbari MDH mamlakatlari elchixonalarini Qirg‘iziston, Tojikiston va o‘zbekistonlik migrantlarga manzilli yordam ko‘rsatishga Moskva islom hamjamiyati bilan birgalikda e'tibor qaratishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:59 / 17.07.2026
Moskva birjasi indeksi 2022 yildan beri ilk bor 2000 punktdan pastladi
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
22:07 / 15.07.2026