Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qurilish vaziri va uning o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.
Rossiya qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vaziri Vladimir Yakushev SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi bilan zararlandi, deb xabar berdi vazirlik Telegram-kanali.
«Rossiya qurilish vazirligi rahbari Vladimir Yakushev kasalxonaga yotishga qaror qildi. Vazir va uning o‘rinbosarlaridan biri Dmitriy Volkovda koronavirus tashxisi tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
«Shahar kasalxonalaridan birida davolanaman. Aloqada bo‘laman», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi kanal.
Yakushevning vazifasini vaqtincha Nikita Stasishin bajarib turadi.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.
«Hozirgina men koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun topshirgan testlarim musbat natija bergani ma'lum bo‘ldi. Shu sababli «Rospotrebnadzor» talablariga ko‘ra hamkasblarimning xavfsizligini ta'minlash maqsadida men o‘z-o‘zimni izolyatsiya qilish qoidalariga, vrachlarning ko‘rsatmalariga amal qilishim kerak», degan bosh vazir.
Mishustinning vazifasini vaqtincha uning o‘rinbosari Andrey Belousov bajarib turishi to‘g‘risida farmon imzolandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 114,5 mingdan oshib ketdi, 1100dan ortiq kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026