Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda dushanbadan boshlab masjidlar ochiladi
Mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilina boshlandi – do‘konlar, bog‘lar va bozorlar ochilgan, shaharlararo avtomobil yo‘llarida harakatlanish tiklangan.
Eronning qator tumanlaridagi masjidlar dushanba kunidan ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning koronavirus yuqish xavfi minimal deb topilgan 132ta tumanidagi masjidlar ochiladi.
Hukumat karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda. O‘tgan haftada Ruhoniy yaqin vaqt ichida cheklov choralari yumshatiladigan hududlar ro‘yxati e'lon qilinishini ma'lum qilgandi.
Mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilina boshlandi – do‘konlar, bog‘lar va bozorlar ochilgan, shaharlararo avtomobil yo‘llarida harakatlanish tiklangan.
Eronda koronavirusga chalinganlar soni 97,4 mingdan oshgan, 6200 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:50
AQSh Eronga qarshi yangi zarbalar berdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026