Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KLM aviakompaniyasi Yevropa shaharlariga parvozlarni tikladi
Aviakompaniya Amsterdamdan Barselona, Madrid, Rim, Milan, Budapesht, Praga, Varshava va Xelsinkiga parvozlarni yana yo‘lga qo‘ydi.
Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi Yevropaning ayrim shaharlariga parvozlarni tikladi. Bu haqda The Guardian gazetasi yozmoqda.
Aviakompaniya, xususan, Amsterdamdan Barselona, Madrid, Rim, Milan, Budapesht, Praga, Varshava va Xelsinkiga parvozlarni yana yo‘lga qo‘ydi.
Yo‘lovchilar 11 maydan boshlab niqob taqishlari majburiy bo‘ladi. Yo‘lovchilar samolyotga chiqish vaqtida niqoblari bo‘lmasa, aviakompaniya niqob beradi. Agarda niqoblar tugab qolgan bo‘lsa, yo‘lovchi samolyotga chiqarilmaydi.
Ushbu tartib avgust oxirigacha amal qiladi.
Pandemiya sababli parvozlar to‘xtatilgani bois butun dunyodagi aviakompaniyalar mablag‘ yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Avvalroq Niderlandiya hukumati Air France bilan birgalikda Air France - KLM aviakompaniyasini tashkil etuvchi KLM aviakompaniyasiga 2 mlrd yevrodan 4 mlrd yevrogacha moddiy yordam ajratishi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026