Koronavirus pandemiyasi sababli Fransiya hukumati Air France aviakompaniyasini qöllab-quvvatlaş uçun 7 mlrd yevro ajratadi. Bundan 3 mlrd yevroni davlat ajratsa, yana 4 mlrd yevroni banklarning kafolatli kredit yordami taşkil etadi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Bryuno Le Mer ma'lum qildi.

"Biz milliy aviakompaniyamizni saqlab qolişimiz kerak", - deb ta'kidladi Le Mer. 

Uning sözlariga köra, Air France milliylaştirilmaydi. Bundan taşqari, Fransiya hukumati Renault avtokonserni uçun 5 mlrd yevrolik yordam paketini işlab çiqmoqda. 

Öz navbatida Niderlandiya hukumati Air France bilan birgalikda Air France - KLM aviakompaniyasini taşkil etuvçi KLM aviakompaniyasiga 2 mlrd yevrodan 4 mlrd yevrogaça moddiy yordam ajratadi.

Pandemiya sababli parvozlar töxtatilgani bois butun dunyodagi aviakompaniyalar mablağ yetişmovçiligiga duç keldi. Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi milliardlab yevro zarar körmoqda. Lufthansa moliyaviy yordam oliş ilinjida Germaniya, Şveytsariya, Avstriya va Belgiya hukumatlari bilan muzokara ötkazmoqda.