Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virgin Atlantic aviakompaniyasi xodimlarining 30 foizini ishdan bo‘shatadi
Aviakompaniya inqirozgacha bo‘lgan holatga qaytish uch yilgacha vaqtni olishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Milliarder Richard Brenson asos solgan Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi inqiroz sababli 3150 nafar ishchisini yoki xodimlarining 30 foizini ishdan bo‘shatishi haqida e'lon qildi. Bu haqda MarketWatch xabar bermoqda.
"Parvozlar qachondan boshlanishi borasidagi ishonchsizlik hamda pandemiya sababli yuzaga kelgan bozordagi sharoit jahon aviasohasi hamda Virgin Atlantic kompaniyasi daromadining sezilarli pasayishiga olib keldi", - deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Kompaniya inqirozgacha bo‘lgan holatga qaytish uch yilgacha vaqtni olishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Aprel o‘rtalarida International Consolidated Airlines Group S.A. (IAG) aviaguruhi birinchi chorakdagi yomon natijadan so‘ng British Airways 12 minggacha xodimini ishdan bo‘shatishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgandi.
Avvalroq Yevrokomissiya Fransiya hukumatiga Air France aviakompaniyasiga 7 mlrd yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishga ruxsat bergandi.
Mavzuga oid
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
20:36 / 30.12.2025