Yevrokomissiya Fransiya hukumatiga Air France aviakompaniyasiga 7 mlrd yevro miqdorida moliyaviy yordam körsatişga ruxsat berdi.
Bu mablağ unga koronavirus pandemiyasi iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etişda yordam beradi, dedi YeIning raqobat masalalari böyiça komissari Margrete Vestager.
Air France 300ga yaqin samolyotdan foydalanadi va unda 41 ming kişi işlaydi. Koronavirus pandemiyasi natijasida uşbu kompaniya xizmatlaridan foydalanuvçilar soni keskin kamayib ketdi.
Parij taqdim etayotgan yordam paketi 4 mlrd yevrolik bank kreditlariga davlat kafolatlarini hamda bevosita hukumat mablağlaridan beriladigan 3 mlrd yevro miqdoridagi qarzdan iborat. Evaziga Air France iqtisodiy rentabellikning belgilangan darajasiga yetiş va atmosferaga is gazi çiqarişni kamaytiriş majburiyatini oldi.
Öz navbatida Niderlandiya hukumati Air France bilan birgalikda Air France - KLM aviakompaniyasini taşkil etuvçi KLM aviakompaniyasiga 2 mlrd yevrodan 4 mlrd yevrogaça moddiy yordam ajratadi.


















