Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar iqlimning koronavirus tarqalishiga ta'sirini o‘rganishdi
Tadqiqotchilar vaziyatga maktablarni yopish, ijtimoiy masofa saqlash va jamoat sog‘lig‘ini saqlash tadbirlari ko‘proq ta'sir ko‘rsatadi degan xulosaga keldi.
Iqlim sharoitlarining koronavirus tarqalishi faolligiga ta'sir yo‘q. Canadian Medical Association Journal jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosasi ana shunday.
Olimlar 144ta geosiyosiy hududdagi 375 600dan ortiq koronavirusga chalinish holatlarini o‘rgandi. Mutaxassislar kenglik, harorat, namlik kabi omillarni hisobga olgan holda 20 martdan 27 martgacha kasallik yuqtirish dinamikasini solishtirib chiqdi. Bundan tashqari, kasallik tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ham hisobga olindi.
Tadqiqotchilar kenglik yoki haroratning koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq jihatini topmadi. Ular vaziyatga maktablarni yopish, ijtimoiy masofa saqlash va jamoat sog‘lig‘ini saqlash tadbirlari ko‘proq ta'sir ko‘rsatadi degan xulosaga keldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshgan, 254 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
16:59 / 22.12.2025
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
23:19 / 09.12.2025
Barakali yomg‘irlar davomli bo‘ladi
10:49 / 19.11.2025
Iqlim reytingida yirik sanoat davlatlarining pozitsiyasi pasaymoqda
10:34 / 19.11.2025