Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston chegaradagi otishma sababli Tojikistonga norozilik notasi yo‘lladi
Qirg‘iziston TIVning ma'lumot berishicha, otishma oqibatida mamlakat chegara xizmatining uch nafar harbiysi va bir nafar mahalliy fuqaro "og‘ir yaralangan".
Qirg‘iziston chegarada sodir bo‘lgan mojaro oqibatida bir necha kishi og‘ir yaralangani sababli Tojikiston elchisiga norozilik notasi topshirdi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 9 may kuni Tojikistonning Qirg‘izistondagi elchisi Qirg‘iziston TIVga chaqirtirilgan. Unga Qirg‘iziston harbiylari va fuqarolari o‘qqa tutilgani uchun norozilik notasi topshirilgan.
Qirg‘iziston TIVning ma'lumot berishicha, otishma oqibatida mamlakat chegara xizmatining uch nafar harbiysi va bir nafar mahalliy fuqaro "og‘ir yaralangan".
Xabarda aytilishicha, ushbu vaziyat uchun barcha javobgarlik Tojikiston tomonida bo‘lib, Bishkek "kelgusida vaziyat keskinlashmasligi hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan choralar ko‘rilishini talab qiladi".
Qirg‘iziston chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, mojaroning boshlanishiga Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Chek qishlog‘ida 50 sotix yerdan foydalanish sabab bo‘lgan. Qirg‘iziston tomonining ta'kidlashicha, ushbu uchastka rasman “biror tomon hisobiga rasmiylashtirilmagan”, biroq Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan qo‘llanadi.
Dastlab ikki tomondan 30-40 kishi bir-biriga tosh ota boshlagan, so‘ngra otishma boshlangan.
O‘z navbatida Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatida ta'kidlanishicha, mojaroga Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan Tojikistonga tegishli 4 gektar yerning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026