Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysunda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi YTH natijasida qurbon bo‘ldi
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 9 may kuni soat 03:20larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1974 y.t. F.J. “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab “Kamaz” rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, haydovchi 46 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:38 / 24.01.2026
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026