O‘zbekistonda yangi telekanal tashkil etish taklif qilindi
Ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish taklif qilinmoqda.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi.
“Nafaqat yosh kelajak avlodni, shuningdek butun xalqimizni ingliz tilini bilish darajasini yanada oshirish maqsadida davlat tomonidan yoki davlat sherikchiligi asosida barcha dastur va loyihalari faqatgina ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanal ochishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilishicha, bugungi raqamli iqtisodiyot va globallashuv jarayoni – har qanday kasb egasidan sohani rivojlantirishda chet el tajribasidan foydalanish uchun ingliz tilini bilishni talab qilmoqda.
“Statistik ma'lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, bugungi kunda internetdagi ma'lumotlarning ko‘pchilik qismi ingliz tilida chop qilingan. Shuningdek, hozirgi karantin davrida ushbu islohot o‘quvchi va talaba yoshlar uchun ayni muddao bo‘lar edi”, - deyiladi petitsiyada.
Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish taklif qilingan.
Mavzuga oid
14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi
09:39 / 28.09.2024
Germaniyada Rossiya targ‘ibot telekanallari efiri bloklandi
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024