Jahon | 23:54 / 15.05.2020
13646
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda beshinchi avlod F-22 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

AQSh harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 183 dona F-22 samolyoti mavjud bo‘lib, bittasining narxi 143 mln dollarga teng.

F-22 Raptor Foto: Ethan Miller / Getty Images

AQSh qurolli kuchlariga qarashli beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyoti Florida shtatida halokatga uchradi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, samolyot mashg‘ulot vaqtida qulab tushgan.

Uchuvchi katapulta yordamida samolyotni tark etishga ulgurgan, u "Eglin" harbiy bazasidagi hospitalga yotqizilgan.

Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Qayd etilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 183 dona F-22 samolyoti mavjud. Bir dona samolyot narxi 143 mln dollarga teng.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid