Jahon | 00:09 / 16.05.2020
8515
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvan kompaniyasi AQShda 12 mlrd dollarlik zavod quradi 

Mikrosxemalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda eng yirik kompaniya hisoblangan Taiwan Semiconductor Manufacturing (TSMC) AQSh hukumati bilan Arizona shtatida mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi zavod qurish haqidagi kelishuvni imzoladi.

Foto: Chinatimes

Tayvan kompaniyasi bayonotida aytilishicha, zavod qurilishini 2021 yilda boshlash, 2024 yilda esa uni ishga tushirish rejalashtirilgan.
        
TSMC’ning yangi zavodi har oy 5-nM texnologiyasi bilan tayyorlanadigan 20 mingta mikrosxema ishlab chiqaradi. Kompaniya ushbu loyihaga 2021 yildan 2029 yilgacha 12 mlrd dollar sarmoya qilishni rejalashtirmoqda. Bu zavod Tayvan kompaniyasining AQShdagi ikkinchi ishlab chiqarish maydonchasi bo‘ladi. Kompaniyaning AQShdagi birinchi zavodi Vashingtonda joylashgan. Bundan tashqari, TSMC’ning Texas va Kaliforniyada muhandislik markazlari mavjud.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid