Abdulrashid Do‘stumga Afg‘oniston qurolli kuchlari marshali unvoni beriladi

Foto: Omar Sobhani/Reuters
17 may kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla tomonidan imzolangan kelishuv etnik o‘zbeklar yetakchisi general Abdulrashid Do‘stumga mamlakat marshali unvoni berishni ko‘zda tutadi. Bu haqda Tolo News xabar bermoqda.
«Sobiq vitse-prezident, general Abdulrashid Do‘stum prezident farmoniga binoan marshal unvonini oladi. U, shuningdek, Oliy hukumat kengashi va Milliy xavfsizlik kengashiga a'zo bo‘ladi», - deyiladi kelishuv matnida.
Avvalroq, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi bo‘lgan sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla yakshanba kuni hokimiyatni taqsimlash to‘g‘risida siyosiy kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.
O‘tgan yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin ikki nomzod bir vaqtning o‘zida prezidentlik qasamyodini qabul qildi: amaldagi prezident Ashraf G‘ani ham, mamlakat bosh vaziri Abdulla Abdulla ham o‘z g‘alabasi to‘g‘risida e'lon qildi.
Afg‘oniston Markaziy saylov komissiyasi G‘ani kichik farq bilan g‘alaba qozonganini ma'lum qildi, ammo Abdulla ovoz berish natijalari soxtalashtirilgan deb hisoblashini bildirdi.
Gani va Abdulla bir vaqtning o‘zida inauguratsiya marosimini o‘tkazgan mart oyidan beri siyosatchilar o‘zaro kelib olishga harakat qilishdi. Endi esa ular kelishuvga imzo chekishdi, unga ko‘ra G‘ani prezident bo‘lib qoladi, lekin Abdulla hukumatga vazirlarni xuddi davlat rahbari sifatida tayinlash huquqini oladi.
O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32
-
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong
O‘zbekiston | 14:13
-
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:41
-
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 12:24
Mavzuga oid

13:53 / 05.04.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

14:12 / 04.04.2025
«Dunyo Afg‘oniston hududidan kelayotgan tahdidlarga yetarlicha baho bermayapti» - Shavkat Mirziyoyev

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025