Özbekiston Afğonistonning siyosiy yetakçilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yaraşuv böyiça Oliy kengaşni taşkil etiş töğrisidagi kelişuvga erişilganini qöllab-quvvatladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.
Avvalroq, Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani özining siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh bilan hokimiyatni bölib oliş böyiça kelişuv tuzgandi.
«Umid qilamizki, uşbu muhim qarorlar qöşni Afğonistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinçlikka yöl oçadi.
Öz navbatida, Özbekiston Afğoniston xalqi bilan döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşda, afğonlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qöllab-quvvatlaşda hamda tinç va farovon Afğonistonni barpo etiş uçun har jihatdan yordam berişda davom etadi», - deyiladi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida.
Afğonistonda prezidentlik saylovlarigaça bölgan balans tiklandi. «Tolibon» harakati bilan muzokaralar tiklanadigan bölsa, hukumat nomidan Abdulloh Abdulloh iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning sentabr oyidagi prezidentlik saylovlaridan keyin ikki nomzod ham prezidentlik uçun qasamyod qilgandi: amaldagi prezident Aşraf Ğani ham, mamlakat boş vaziri Abdulloh Abdulloh ham saylovda ğalaba qozonganini e'lon qilgandi. Afğoniston markaziy saylov komissiyasi Ğani saylovda kiçik farq bilan ğalaba qozonganini ma'lum qilgandi, ammo Abdulloh natijalar soxtalaştirilganini aytgandi.









