Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy pandemiya hali tugamagan va surishtiruv o‘tkazishga erta deb hisoblaydi
Avvalroq Avstraliyaning koronavirus tarqalishi sabablarini mustaqil o‘rganish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini 110dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.
XXR hukumati pandemiya tugamagunicha koronavirus paydo bo‘lishi va tarqalishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazishga erta deb hisoblaydi. Hozirda asosiy vazifa butun dunyoda virusga qarshi birgalikda kurashish, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan.
"Ko‘plab davlatlar pandemiya hali tugamagan deb hisoblaydi va hozirda asosiy vazifa virusga qarshi birgalikda kurashish. Zudlik bilan surishtiruv o‘tkazishni vaqti emas", - dedi u.
Avvalroq Avstraliyaning koronavirus tarqalishi sabablarini mustaqil o‘rganish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini 110dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.
The Australian nashrining yozishicha, mamlakat tashqi ishlar vaziri Maris Peyn "jahon kelgusida bunday halokatlarning oldini olishi uchun pandemiya keltirib chiqargan inqiroz holatlari bo‘yicha savollarga javob olishni istaydi" degan.
Kanberraning taklifini 116ta davlat qo‘llab-quvvatlagan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4,8 milliondan oshgan, 316 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026