Surxondaryo koronavirusdan xoli hududga aylandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xorazm va Surxondaryoda yana uch kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berdi.
Xorazm viloyatida 2 kishi tuzalib chiqqan, ulardan biri 49 yoshli erkak bo‘lib, Rossiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ikkinchisi esa 39 yoshli erkak bo‘lib, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan.
Viloyatda shu paytga qadar 228 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 230 nafarga yetdi. Shunday qilib, hozirda Xorazmda 3 nafar bemor davolanmoqda.
Surxondaryo viloyatida so‘nggi bemor, 33 yoshli erkak tuzalib chiqdi. U kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan.
Shu tariqa, ushbu hududda qayd etilgan 44 bemordan 43 nafari sog‘aydi, bir kishi avvalroq vafot etgandi.
Endilikda Surxondaryo viloyati ham Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari qatorida koronavirusdan xoli hududga aylandi.
Bungacha bugun Qoraqalpog‘iston, Namangan va Toshkentda jami 28 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Shu vaqtgacha 2369 kishi koronavirusdan butunlay sog‘aydi, ayni vaqtda shifoxonalarda 545 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024