Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya va Belarusdan boshqa barcha qo‘shnilari bilan chegaralarni ochadi
Hukumat qabul qilgan qaror loyihasida Moldova, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Ruminiya bilan chegaralardagi 66ta o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilgan.
Ukraina hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Moldova va Yevroittifoq chegarasidagi faoliyati to‘xtatilgan 66ta xalqaro o‘tkazish punktlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
"Vazirlar mahkamasi Rossiya va Belarus chegaralaridan tashqari barcha xalqaro o‘tkazish punktlarini ochmoqda", - deb ma'lum qildi oliy rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida.
Murakkab epidemiologik vaziyat ikki qo‘shni davlat bilan chegaralarni ochmaslikka sabab sifatida ko‘rsatildi.
Hukumat qabul qilgan qaror loyihasida Moldova, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Ruminiya bilan chegaralardagi 66ta o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilgan. Ukraina may oyi boshlarida Polsha bilan chegaradagi "Shegini" o‘tkazish punktini ochgandi.
Kiyev 7 aprelda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida chegaradagi barcha piyoda o‘tish punktlarini yopgan, ammo 230ta xalqaro transport o‘tkazish punktidan 19tasining faoliyatini saqlab qolgandi. Keyinroq Moldova, Polsha va Ruminiya bilan chegaralardagi yana 10ta punkt yopilgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026