Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston to‘rt oyda qancha oltin sotgani ochiqlandi
2020 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 35,3 foizga teng bo‘ldi.
Foto: Akio Kon/Bloomberg
2020 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 1,55 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan o‘sish 26,5 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 35,3 foizga teng bo‘ldi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Bundan oldin, O‘zbekistonning oltin eksporti o‘zgarishsiz qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
09:37 / 19.05.2026
O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan ko‘chib kelinmoqda
09:31 / 16.05.2026