Jahon | 15:33 / 23.05.2020
89900
1 daqiqa o‘qiladi

JSST vakili koronavirusning yangi o‘chog‘ini ma'lum qildi

JSST vakili birgina Braziliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 290 mingdan oshgani va 19 mingga yaqin o‘lim qayd etilganini aytdi.  

Foto: REUTERS / Rahel Patrasso

Janubiy Amerika koronavirusning yangi epimarkaziga aylandi, dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktor Maykl Rayan.

«Biz Janubiy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida kasallanish holatlari o‘sayotganligini kuzatmoqdamiz», — dedi Rayan.

JSST vakili birgina Braziliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar 290 mingdan oshgani va 19 mingga yaqin o‘lim qayd etilganini aytdi.  

Rayan JSST Braziliyaga va ayniqsa koronavirusdan ko‘proq jabrlangan hududlarga yordam berishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Jons Xopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 331 mingga yaqinlashgan va ikkinchi o‘rinda turgan Rossiyani quvib o‘tishi mumkin (335882ta holat). 

Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi 22 may kuni bir sutkada 19,9 mingta yangi bemor aniqlanganini xabar qildi.  

Mavzuga oid